A Seriya klubi SSKA hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Alisher
22 iyun 2021
Transfer huquqi SSKAga tegishli hujumchi Adolfo Gaych Italiya chempionatida qolishi mumkin.
22 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga "Bolonya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Adolfo qishki transfer oynasida ijara asosida "Benevento"ga o'tgan edi. Hujumchi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.