

"Napoli" uchun bu galgi safar oson o'tmadi. Mauricio Sarri boshchiligidagi jamoaga qarshi "SPAL" juda jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ammo yakunda baribir "Napoli" jamoasining tajribasi qo'l keldi.
Bu g'alabadan keyin "Napoli" ketma-ket oltinchi bahsda yutuqqa erishdi va o'z ochkolari sonini 18taga etkazib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.
"Yuventus" esa birozdan so'ng Turin derbisida "Torino"ga qarshi bahs yuritadi.
A Seriya, 6-tur. Turnir jadvali
SPAL – Napoli 2:3
Stadio Paolo Mazza
Gollar: 1:0 – 13 Skyattarella, 1:1 – 14 Insine, 1:2 – 71 Kalexon, 2:2 – 78 Viviani, 2:3 – 83 Gulyam.
SPAL – Gomis, Salamon, Vikari, Felipe (Vyaysyanen, 66), Skyattarella, Kosta, Mora (Ricco, 81), Ladzari, Viviani, Antenuchchi, Borrello (Paloski, 86).
Napoli – Reyna, Maksimovich, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Diavara, Zelinski (Milik, 70), Insine, Gamshik (Allan, 61), Kalexon, Mertens (Rog, 76).
Ogohlantirishlar: Insine (9), Salamon (39), Viviani (53), Skyattarella (67).



