A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Napoli"ni yirik hisobda taslim qildi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Italiya A Seriyasining 22-turi doirasida Turinda markaziy bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Yuventus" o'z maydonida Neapolning "Napoli" jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

"Alyanc" stadionida kechgan o'yinda "keksa sinora" raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 22-daqiqada hujumchi Jonatan Devid hisobni ochgan bo'lsa, 77-daqiqada iqtidorli Kenan Yildiz oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O'yin yakunida, 86-daqiqada Filip Kostich neapolliklar darvozasiga uchinchi golni urib, yakuniy hisobni o'rnatdi.

25 yanv 2026, 22:00
Juventus — Napoli
3 – 0
Tugadi





Ushbu g'alabadan so'ng "Yuventus" ochkolari sonini 42 taga etkazib, turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Mag'lubiyatga uchragan "Napoli" esa 43 ochko bilan 3-pog'onada qoldi va peshqadam "Inter"dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia