"Inter"ning bosh murabbiyi hamkasblari ovoziga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi mutaxassisiga har yili topshiriladigan "Panchina d’oro" ("Oltin o'rindiq") mukofotiga ega bo'ldi.
Inzagi uchun 26 ovoz berildi, ikkinchi o'rinni "Atalanta"dan Jan Pero Gasperini 14 ovoz bilan egalladi, uchinchi o'rinda "Bolonya"dan Vinchenco Italyano 4 ovoz bilan qayd etildi.
O'tgan mavsumda "Inter" Italiya chempioni bo'ldi va ikkinchi o'rinni egallagan "Milan"dan 19 ochkoga o'zib ketdi.
Izohlar