- Birinchi navbatda, shu sovuqda bizni qo'llab-quvvatlagan, ikkita taymda ham jim turmasdan bizni olg'a chorlagan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Qiyin bo'lishini kutgandik va bunga tayyorgarlik ko'rdik, hafta davomida murabbiyimizning bergan ko'rsatmalari va taktikasi bo'yicha o'ynadik va uni 70-80%ga bajardik. Qo'rqmadik va o'z uyimizda shunday o'ynashga majbur edik.
- Bunday o'yinlarda qaysi omil eng muhim?
- Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqadi. Siz nafaqat Osiyo, balki dunyoning eng kuchli o'yinchilariga qarshi o'ynaysiz. O'zingizga ishonishingiz kerak. Ko'rganingizdek, hech qaysi jabhada ularga imkoniyatni boy bermadik.
Izohlar