Bugun o'zbekistonlik futbol muxlislari nafaqat sevimli xorijiy klublari ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishadi, balki legioner bo'lib faoliyatini davom ettirayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokidagi bahslarni ham etiborsiz qoldirishmaydi, deb o'ylaymiz.
Shuning uchun, etiboringizga xorijda to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchilar jamoalarining bugungi bellashuvlari ro'yxatini taqdim etamiz.
Turkiya Superligasi.
"Sivasspor" - "Pendikspor"
Mezbonlar tarkibida Aziz Turg'unboev asosiy tarkibda tushish ehtimoli yuqori.
Qozog'iston Superkubogi.
"Ordabasi" - "Tobol" (17:00)
Jasur Yaxshiboev va Shohboz Umarov oxirgi uchrashuvlarni asosiy tarkibda o'tkazmoqda. Bugun kubok uchun bellashuvda ham ular jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shadi, degan umiddamiz.
Liga 1 (Franciya chempionati)
"Lans" - "Monako"
Mezbonlar Evropa Ligasi doirasida "Frayburg"dan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatdan keyin chempionat uchrashuvida o'zini qanday ko'rsatadi? Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushadimi? Nima bo'lganda ham bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
A Seriya
"Kalyari" - "Napoli"
Eldor Shomurodov bugun "Napoli" darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, biroq O'zbekiston terma jamoasi sardori jarohatidan so'ng, hali to'liq tayyor emas va shu sabab, o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.
BAA Chempionati.
"Al Bataex" - "Al Vahda"
Mehmonlar safiga yaqinda borib qo'shilgan Hojiat Erkinov jamoaga ancha tez moslashib keta oldi, nazarimizda. Bugun ham Hojimat asosiy tarkibda maydonga tushadi va samarali harakatlari bilan etiborni tortsa, ajab emas.
BAA Chempionati
"Al Ahli" - "Ajman"
Dubayliklar asosiy tarkibining doimiy azosiga aylanib ulgurgan Azizjon G'aniev jamoasi o'z uyida chempionat autsayderi "Ajman"ni qabul qiladi.
Izohlar