Abraxam avtofalokatga uchradi

Оқил Абдубарноев
3 jan 2022
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam mashg'ulotlarga ketayotgan paytida avtofalokatga uchradi.

24 yoshli ingliz futbolchisi o'zining Porsche Cayenne mashinasi bilan boshqa avtomobilga borib urilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi. Policiya aralashuviga ham hojat qolmadi, shu bois futbolchi mashg'ulotlarga jo'nab ketdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ingliz OAVlari Abraxam Lamborghini rusumli avtomobilida tezlikni belgilangan meyordan oshirib haydagani uchun 980 evroga jarimaga tortilgani haqida xabar berishgandi. 

Abraxam joriy mavsum A Seriyaning 18 ta o'yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Hujumchi 2021 yilning avgustida "Chelsi"dan "Roma"ga o'tgandi, uning transfer summasi taxminan 40 million evroni tashkil etgandi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: La Gazzetta dello Sport

Izohlar

Taxlil...UZ....
3 jan 2022
Енгил автохалокат деб чикарса болмасмиди....?
Gooooooooooooooooool
3 jan 2022
Extiyot bo'l Ibrohim hali raqobat uchun o'sishi uchun keraksan bizga
Hamrayev.sh.yu
3 jan 2022
Alloh panohida asrasin. U ham alloh bandasi
Muxammad7
3 jan 2022
Yaxshi xabar chiqarkanu disam . Xech tima bulmapti 20 . 30 kunga kasalxonaga tushmapsanda