

“Krishtianu bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, u kelishidan oldin ham murabbiyga kyetishni xohlayotganimni aytgandim. Ronaldu kelishi bilan xorijlik futbolchilardan biri kyetishga majbur bo'lardi. Ronaldu mendan qolishni so'radi va klub ham shuni istayotgandi, ammo kyetishni istadim. “Al Nassr” maoshimni mavsum oxirigacha to'lashga tayyor turgandi”, deydi kamerunlik forvard.
31 yoshli Abubakar Saudiya Arabistoni chempionati joriy mavsumida 11 bahsda qatnashib, 4+1 natija ko'rsatdi. Turkiya Superligasida esa “Beshiktosh” bilan 4 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va samarali natija qayd etolmadi.



