Adeyemi "Chelsi" bilan o'yinda "Borussiya"ga yordam bera olmaydi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2023
"Borussiya" Dortmundning germaniyalik chap qanot vingeri Karim Adeyemi jarohati sabab 3 haftaga yaqin maydonga tusha olmaydi.

Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.

21 yoshli futbolchi Germaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "Gerta"ga qarshi uchrkshuvda (4:1) jarohat oldi.

Shu tariqa, Karim Adeyemi Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob o'yinida Londonning "Chelsi"siga qarshi o'yinda "Borussiya"ga yordam berolmaydi. Bahs 7 mart kuni bo'lib o'tadi. Dortmundliklar birinchi o'yinda aynan Adeyemining goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de