

"Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. Biz dastlabki daqiqalardanoq g'alaba maqsadida maydonga tushganimizni ko'rsatdik va butun jamoa juda yaxshi o'ynadi. Qiyin o'tgan bellashuvda juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Ikkinchi o'yinda ketma-ket quruq o'yinni o'tkazdik. Himoyadagi ishlar ham asta-sekin joyiga tushib, o'yinimiz yaxshilanib bormoqda. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz va sifatli futbol namoyish etamiz. Murabbiy uchrashuvdan so'ng barchasidan qoniqqanini aytib o'tdi. Ko'rsatgan o'yinimiz va natijadan barchamiz shodmiz", - dedi Oraxovac.



