Afsonaviy Buffon ikkinchi marta uylandi. Uning rafiqasi "Sky Sports" sobiq xodimasi

Sherzod Nurmatov
30 sep 2024
Italiya terma jamoasi va "Yuventus" sobiq darvozaboni Janluiji Buffon taniqli teleboshlovchi Ilariya D'Amiko bilan turmush qurdi.

O'n yildan ortiq munosabatda bo'lgan juftlik, nihoyat, 28 sentyabr kuni Toskana shimolida joylashgan Versiliyadagi go'zal villada munosabatlarini rasmiylashtirdilar.



Marosimda Buffonning "Yuventus" va Italiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshlari: Leonardo Bonuchchi, Andrea Barcali va Jorjo Kellini ishtirok etdi. Boshqa hurmatli mehmonlar orasida "Skuadra Adzurra" bosh murabbiyi Luchano Spalletti, gollivud rejissyori Tim Berton va mashhur aktrisa Monika Belluchchi ham bor edi.

Bu Buffonning hayotidagi ikkinchi nikohdir. U 2011 yildan 2014 yilgacha chexiyalik fotomodel Alena Sheredova bilan birga hayot kechirgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Football Italia

Izohlar

=JAGUAR=
30 sep 2024
Afsonaviy darvozabon va 3 ta bashnya(qal'a) xD))))
ArsaBarsa
30 sep 2024
Dasturxinga qaranglar faqat ichimliklar))))) Kam chiqim to'yda bularda
Shoxrux Mirzayev
30 sep 2024
Barzali Killini Bonuchchi buffongacha xavfni utkazishmaydida) albatta hazil