Ukraina termasi afsonaviy darvozaboni milliy jamoadagi faoliyatiga yakun yasamoqda

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022
Ukraina termasi va "Shaxtyor" Doneck klubi darvozaboni Andrey Pyatov terma jamoadagi faoliyatini tugatishga qaror qildi.

Bugun Armanistonga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi o'yin posboni uchun terma jamoa libosidagi oxirgisi bo'ladi.

"Bu bola terma jamoadagi so'nggi o'yini 2022 yil 11 iyun kuni bo'lib o'tishini o'ylab ham ko'rmagandi", – deb yozdi futbolchi.

Pyatov “Shaxtyor” safida 2007 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U ko'p yillar davomida Ukraina terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dailysports.net