Agent: "Agar Anchelotti "Real"da qolganida, u Bakkani xarid qilishga urinar edi"

Aslanov Jasurbek
25 sen 2015
"Real" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Milan" hujumchisi Karlo Bakka xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.

Bu haqda kolumbiyalik futbolchining agenti ma'lum qildi.

"Agar Anchelotti "Real"da qolganida, u Bakkani xarid qilishga urinib ko'rar edi. Bu hujumchining o'yini Anchelottiga juda yoqadi. Anchelotti birinchi bo'lib Peresdan Bakkani xarid qilishni so'ragan bo'lar edi" - deydi agent.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com