Ayman Sanduqa: "Bugun O'zbekiston o'smirlari ajoyib tarzda harakat qilishdi"

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013
O'zbekiston U16 – Falastin U16 (9:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
Ayman Sanduqa (Falastin o'smirlar terma jamoasi ustozi):  “O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Juda kuchli va zo'r jamoa. Bu o'yini bilan ularni Osiyoning shu yoshdagi eng zo'r jamoalaridan biri deb hisoblayman. Bugun terma jamoangiz ajoyib tarzda harakat qildi”

“Hakamlar borasida esa gapirishni istamayman. Ochig'ini aytaman, raqib emas o'z jamoamning o'yini ko'proq qiziqtiradi. 0:9 shogirdlarimga og'ir botishi aniq, ammo yangi tuzilgan jamoa uchun bu dars bo'ldi. Kelajakda yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia