Akmal Ortiqov “Neftchi”ga o'tadi...mi?

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018
Namanganlik darvozabonning so'nggi yillarda ishlari o'zi istaganchalik yurishmayapti desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'tgan yilning birinchi qismida “Navbahor”da asosan zaxirada qolib ketgan Ortiqov ikkinchi davrada Pro-liga qatnashchisi “Andijon”ga o'tgandi. “Burgutlar” tarkibida Akmal etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Ammo shunga qaramay, 31 yoshli darvozabon yana jamoasini o'zgartirish niyatida. 

Aytishlaricha unga “Cementchi” jamoasi taklif bilan chiqqan. Lekin kuni-kecha quvasoyliklarning bu yil super ligada ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgach, jamoa a'zolari yoppasiga “Neftchi” klubiga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Shu bois katta extimol bilan Akmal Ortiqov ham farg'onaliklar yig'iniga borib qo'shiladi. Ammo uning bu jamoada qolishi hozircha aniq emas.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia