"Al Ayn" - OCHL g'olibi!

Alisher
25 may 2024
OFK Chempionlar ligasi final ikkinchi o'yin doirasidagi "Al Ayn" - "Yokogama Marinos" o'yini bo'lib o'tdi.

Yaponiyada kechgan dastlabki bahsda "Yokogama" 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Bugungi o'in BAAdagi "Hazza Bin Zayed Stadioni"da bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam berdi, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajardi.  Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasida ishladi.


"Al Ayn" - "Yokogama Marinos" 5:1 (ilk o'yin - 1:2)

Gollar: Sofyan Raximi (8, 67), Kaku (33-p), Kojo Laba (90+1, 90+5) - Yan (40).

Chetlatish: Villiam Popp (45+10 - "Yokogama Marinos")




AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

mirabzal
26 may 2024
араблага ярашоради
???? Бек ????
25 may 2024
Qizil yòq edi
TEMUR
26 may 2024
Soʻfiyan Raximi va Koʻji Laba bular yarim jamoa ekan
barselona7
25 may 2024
Қойил биринчи тайм 45 дақиқа бўларди жамоалар 60 дақиқа ўйнашди аммо ҳали биринчи тайм тугамади. Иккинчи тайм 70 дақиқа давом этса керак.
Jamol Rustamov
25 may 2024
қайси каналда кўрсатяпти?