"Al Hilol" Chalxano'g'luga 18 mln evro taklif qilgan

Omonjon To`xtamirzayev
29 dek 2023
"Inter" yarim himoyachisi Xakan Chalxano'g'luga Saudiya Arabistoni klubi qiziqish bildirgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Al Hilol" turkiyalik futbolchiga qiziqib qolgan. Aytishlaricha, futbolchiga yiliga 18 million evro maosh bilan 4 yillik shartnoma taklif qilingan. Bu xavbekning Milandagi oyligidan uch barobar ko'proq degani.

Biroq "neradzurri" bosh murabbiyi Simone Indzagi futbolchini qo'yib yuborishni istamagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gazzetta.it