"Al Hilol" Soboslai uchun 120 mln evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
Ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslaiga qiziqish bildirmoqda.

Saudiya Arabistoni klubi 24 yoshli futbolchining transferi uchun 120 mln evro taklif qilishga shay.

"Liverpul" rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolishdan manfaatdor, biroq mersisaydliklar Saudiya Arabistonidan kelgan yirik taklifni e'tiborsiz qoldira olmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk