"Al Hilol" va "Al Ahli" bahsida hisob ochilmadi, "ko'klar" yana peshqadam

Aslanov Jasurbek
3 fev 2026
Saudiya Arabistoni Pro-Ligasining 20-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Al Hilol" o'z maydonida "Al Ahli"ni qabul qildi.

"Kingdom Arena"da kechgan bahsda muxlislar gol ko'rishmadi - 0:0.

O'yinning asosiy voqealari:

- 84-daqiqada "Al Hilol" yarim himoyachisi Salem Al Davsari raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi, biroq VAR aralashuvidan so'ng gol inobatga olinmadi.

- Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida (90+4) mehmonlar himoyachisi Ali Majrashi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

Ushbu durangdan so'ng "Al Hilol" ochkolari sonini 47 taga etkazib oldi va "Al Nasr"ni (46 ochko) ortda qoldirib, yana turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 44 ochko to'plagan "Al Ahli" esa uchinchi pog'onada qoldi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia