"Al Hilol" va "Yuventus"dan 2 nafardan. Serbiyaning Evro-2024 uchun yakuniy ro'yxati malum

Tolibjon Qosimov
28 may 2024
14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada Evro-2024 bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Serbiya terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy ro'yxati elon qilindi.

Bosh murabbiy Dragan Stoykovich ro'yxatga 26 nafar o'yinchini kiritdi.

Serbiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Vanya Milinkovich-Savich ("Torino"), Predrag Raykovich ("Malorka"), Jorj Petrovich ("Chelsi");

Himoyachilar: Straxinya Pavlovich ("RB Zalcburg"), Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), Milosh Velkovich ("Verder"), Srdjan Babich ("Spartak" Moskva), Urosh Spayich ("Crvena Zvezda"), Nemanya Stoich ("Bachka Topola");

Yarim himoyachilar: Sasha Lukich ("Fulxem"), Nemanya Gudel ("Sevilya"), Nemanya Maksimovich ("Xetafe"), Ivan Ilich ("Torino"), Srdjan Miyailovich ("Crvena Zvezda"), Sergey Milinkovich-Savich ("Al Hilol"), Dushan Tadich ("Fenerbaxche"), Lazar Samardjich ("Udineze"), Velko Birmanchevich ("Sparta" Praga), Filipp Kostich ("Yuventus"), Filip Mladenovich ("Panatinaikos"), Andriya Jivkovich (PAOK), Miyat Gachinovich (AEK);

Hujumchilar: Aleksandr Mitrovich ("Al Hilol"), Dushan Vlaxovich ("Yuventus"), Luka Yovich ("Milan"), Petr Ratkov ("RB Zalcburg").


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: x.com/FSSrbije

Izohlar

Berdiyor Mamirov
28 may 2024
Uzbekistonda olishmabdimi bizda xam kópku serblar
Logistika
28 may 2024
Биздаги сербларни уровени термага номзод даражасида эмас, афсуски
Paxtakor the best
28 may 2024
Uzb dagi serblar uyoqda tursin RPL dan ham faqat spartakdagi babichni opti sskadagi zdelar gayic layam boridi zenitda erakovic