"Al Nassr" Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish arafasida

I.J.I
17 apr 2025
Klub Kaysedoga qiziqish bildirmoqda, biroq "Chelsi" yarim himoyachini sotishni istamayapti.

"Al Nassr" klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirish arafasida. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Ar Riyod klubi portugaliyalik hujumchiga moliyaviy shartlarni o'zgartirmagan holda "1+1" sxemasi bo'yicha kelishuv taklif qilishga tayyor - shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar ijobiy natija bermoqda. Ronaldu bilan amaldagi shartnoma esa iyun oyida tugaydi.

Shuningdek, "Al Nassr"ning Moyses Kaysedoga qiziqishi haqida ham xabar berilgandi. Biroq "Chelsi" 23 yoshli yarim himoyachini sotish niyatida emas - takidlanishicha, hozirda londonliklar ekvadorlik futbolchini unga to'langan 115 million funt sterlingdan ancha yuqori baholamoqda.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: https://x.com/JacobsBen

Izohlar

O'zbegimVatanim
17 apr
Eh brat shu ahvolingdayam sendaka futbolchi qolmabti Realda
{ CHELSEA }
17 apr
Yaxshi...
{ CHELSEA }
17 apr
Yaxshi...
Nazarbek (man utd)
17 apr
Real bitta gol ursa , yana xujum qilsa Arsenaldan ashram qolmedi.Kayfiyati yaxshi jamoani o'yini chiqaveradi
Sho‘rchidan
17 apr
ЯНГИ РЕКОРД: Чикагодаги Soldier Field стадионига 62 358 мухлис йиғилди — бу стадион тарихидаги энг юқори қатнашув кўрсаткичи! Месси эффекти АҚШда… ???? @xayrulla_hamidov