Ronalduga yangi shartnoma taklif qilindi

Mirjalol Normatov
10 apr 2025
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"da yana ikki mavsum o'ynashi mumkin.

Saudiya Arabistoni klubi 40 yoshli forvard bilian shartnomani uzaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"Al Nassr" Ronalduga shartnomani ikki yilga, yani, 2027 yil yozigacha uzaytirish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari malumot bermoqda.

Portugaliyalik bilan amaldagi kelishuv ushbu yozda yakuniga etadi. Ronaldu ushbu mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 25 o'yinida 21 gol urdi va to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Sport Italia

Izohlar

Bukhoriy
11 apr
Арзийди. Узайтирса яхши бўларди
FC_BARCELONA_UZ
11 apr
Ertalabga yana bitta chiqarsalaring bo'ladi, harna bitta xabar ko'payadida.
Adham_realmadrid
12 apr
https://youtube.com/shorts/6JN3HBeBAPs?si=WPpW4qeh-TN1e8ss