“Al Nassr” Ronalduning tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Khoja
6 fev 2024
Kecha futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu 39 yoshga to'ldi.

Shu munosabati bilan “Al Nassr” vakillari jamoa sardorini tabriklashdi. Futbolchilar portugaliyalikning rasmi tushirilgan tort sovg'a qilishdi.

Portugaliyalik faoliyati davomida 5 bor Chempionlar Ligasida g'olib bo'lgan, 3 mata APL va 2 martadan La Liga hamda A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan. Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni nomiga sazovor bo'lgan.

Shuningdek, Ronaldu 5 ta "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan futbol tarixidagi ikki insonning biri hisoblanadi.




KhojaMuallif
Manba: championat.com