

Qaydnomadan Krishtianu Ronaldu bilan birga Muso Marega, Anderson Taliska, Andre Karrilo, Mateus Pereyra, Luis Gustavo kabi legionerlar o'rin oldi. Ammo Jaloliddin Masharipov ro'yxatga kiritilmadi. Darvozabon David Ospinada esa jarohat bor.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Avvalroq, Ronaldu yulduzli tarkib sardori bo'lishi haqida xabar bergandik.




