“Al Shabab”da g'alaba, Haydarovda to'liq o'yin va sariq kartochka

Narzulla Saydullayev
6 mar 2016
BAA chempionatida 20-tur uchrashuvlari start oldi.

Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al Shabab” klubi o'z maydonida 3-o'rinda borgan “Al-Nasr”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida kiritilgan yagona gol “Shabab”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Al Ameri kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan. Ushbu bahsda Haydarov maydonda to'liq harakat qildi va 67-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.

“Al Shabab” jamoasi bu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 29taga etkazib oldi. Dubay klubi turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Kechagi mag'lubiyatdan so'ng “Al Nasr” 33 ochko bilan 4-pog'onaga pastladi. Durang qayd etgan “Al Vasl” esa aksincha 34 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi.  


BAA pro ligasi

"Al Shabab" - "Al Nasr" 1:0

Gol: Al Ameri 55


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia