Alaba "Bavariya" futbolchisini "Real"ga o'tishga ko'ndirishga urinadi

Mirjalol Normatov
10 iyun 2023
"Real" futbolchisi David Alaba "Bavariya"da birga o'ynagan sobiq jamoadoshi Alfonso Devisni Madridga chorlaydi.

Avstriyalik futbolchi Myunxendagi faoliyati davomida Alfonso bilan juda yaqin do'st bo'lib olgan va yaqin do'stlik munosabatlari orqali Devisni "Real"ga o'tishiga ko'ndirmoqchi. O'z navbatida "Real" ham kanadalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Ammo kanadalik klub tomonidan sotuvga qo'yilmagan.

Yakunlangan mavsumda Devis Bundesliganing 26 o'yinida qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal