Tuni bilan o'ylab chiqdim, nima uchun? Futbolchilar bilan gaplashaman, hech kim vaziyani tushintirib bera olmaydi. Hech kimni ovutganim yo'q, chunki o'zim ovutadigan biron bir gapga muhtoj edim. Har kimimiz kechagi tunda nima bo'lganligini aytib bera olmaydi. Biz qadrlamaganlarimizni qadri o'tdi kechagi tun! Abramovni qadri o'tdi. Iordaniyani uchinchi sort jamoa deb jar solishdi, biz to'rtinchi sortga aylanib bo'libmiz, agar Iordaniya rostan ham uchinchi sort bo'lsa. Temur Jo'raevni yozaverishdi, yozaverishdi. "Nima bitta penalti qaytarishni bilar ekan deb MTJga chaqirish kerakmi", deganlar soni milliontaga etdi. Mana o'sha penaltini qaytarishni biladigan bolaning qadri o'tdi. O'ng qanot himoyasida qariya Karpenkoni qadri o'tdi. O'zi ham bilmay qolgan edi terma jamoaga kerak bo'lmay qolganlgini. Geynrixni qadri o'tdi, chunonam o'tdi-ki, asti qo'yaverasiz. Nagaevda tezlik zo'r, gap yo'q. Lekin himoyasi jips jamoaga qarshi o'yinda unga joy yo'q! Kecha 3 marotaba qulay imkoniyatga ega bo'ldi, penalti ishlamoqchi bo'ldi. Sababi nimaga bilasizlarmi, hamma ko'rdi hakam to'liqligicha bizga yordam berdi Lekin penaltini ishlash uchun Geynrix kerak! Bo'ldi endi hech qaysi keark emas, chunki endi Urugvay o'rniga tushib qolgan Ekvador bilan Iordaniya terma jamoasi o'ynaydi.
Mashg'ulotlar davomida burchak zarbasini tepish mashqlari bajarilganligini yozgan edim. Lekin penaltilar seriyasi borasida hech qanday mashq o'tkazilmagan edi. Bizga "normalnyy" darvozabonlar murabbiyi kerak. O'tdi qadri Anvar Rashidovni! Hamma-hammani qadri o'tdi. Chiptachilar dastidan futboldan ko'ngli sovugan ashaddiy ishqibozning qadri o'tdi. Livan va Qatar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdagi muxlislikdan asar ham bo'lmadi. 30 000 muxlisdan 25 000 nafari pista chaqib o'tirdi. Ishoning, ishonmang pista tovushi stadionda jaranglab turdi!
Sergeev Runi emas-ki, uni zaxiradan tushirsak, lekin bizda Jamshid bor edi. Yarim himoya chizig'i hujumchlarga to'pni to'g'ri etkazib bera olmayotgan bir paytda, hujumchilar soni oshirildi, yarim himoya kamaydi. Xullas endi bari befoyda. Katta islohat qilish kerak, biron-bir mayda narsa qolmasinki, jiddiy va professionallashtirilmasin.
Endi futbolchilarni qadriga yetishimiz kerak. Yuqoridagi holatlar bir kunmas bir kun o'zimiz uchun qimmatga tushishi mumkinligiga kecha, o'z maydonimizda katta alam bilan guvohi bo'ldik. Agar uchrashuv Iordaniyada bo'lganida ham alam qilmas edi.
Men bir necha yildan beri terma jamoada yurganim bois bo'lsa kerak, o'zimni huddi shu jamoa vakili sifatida tutaman. Boshqa hamkasblarimdan ko'ra kecha ko'proq menga alam qildi. Iordaniya shahzodasini Toshkentga kelishi natijaga hech qanday tair o'tkazgani yo'q. Hammamiz g'alabani istagan edik, lekin yuqoridagi oddiy sabablar. Oilangiz uchun keraksiz, sog'lig'ingizni asrang! Futbol hayotingizdan ustun jihatini ko'rmayapman!
Nodirxo'ja Yuldashev