Albaniya yarim himoyachisi "Evro" va Jahon chempionatlari tarixida kuzatilmagan antiqa natija qayd etdi

I.J.I
19 jun 2024
Evro-2024 2-turida Xorvatiya va Albaniya durang qayd etishdi.

Albaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Klaus Gyasula dastlab 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 76-daqiqada avtogol qayd etdi. O'yinning 90+5 daqiqasida yana o'sha Klaus Gyasula Albaniya mag'lubiyatdan saqlab qolgan gol muallifiga aylandi.

Shunday qilib, Klaus Gyasula "Evro" va Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan maydonga tushib, ikkala jamoa uchun gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Umuman olganda, "Evro" tarixida bir o'yinda ham avtogol, ham o'z jamoasi uchun gol urgan o'yinchilar ham ko'p emas. Klaus Gyasuladan tashqari bunday natijani shu paytga qadar faqat Anton Ondrus ( Chexoslovakiya ) 1976 yilda qayd etgandi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: OptaSports

Izohlar

Sardor Ali
19 jun 2024
Malades
Shuxrat Nabiyev
19 jun 2024
Мужик кайси дарвоза булса гол уравер нима фарки бор