Aleksandar Stanisavlevich: "Buxoro" ikkinchi davrada har bir uchrashuvda jang qilishga tayyor"

Iskandarov Abdulaziz
17 iyul 2023
Superliganing birinchi davrasini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Buxoro" jamoasi ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoa tarkibida bir qator tajribali futbolchilar bilan bir qatorda legionerlar ham jamlangan. O'tgan mavsumning eng yaxshi assistenti Aleksandar Stanisavlevichdan "Buxoro"da ko'p narsa kutishayotgani rost. Xo'sh, bu borada u va jamoasi qanchalik tayyor? Serbiyalik yarim himoyachining fikri quyidagicha bo'ldi. 

"Albatta turnir jadvalidagi holatimizni yaxshi, deb bo'lmaydi. Lekin biz kurashishda davom etyapmiz. Har bir uchrashuv biz uchun yangi imkoniyat. Barchasi o'z qo'limizda. 

Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Bunga ko'nikish uchun esa ma'lum bir vaqt talab qilinadi. Men va jamoa bo'lajak uchrashuvlarda borini berishga, jang qilishga tayyor. Mavsumning ikkinchi yarimini yangi futbolchilar va yangi motivaciya bilan boshlaymiz. 

Jamoada yoshi katta futbolchilar bosimni va mas'uliyatni zimmamizga olamiz. Maqsadimizga erishishda barcha narsaga tayyormiz. Muxlislardan esa qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim", - deydi Aleksandar Stanisavlevich. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia