Aleksandr Krestinin: "G'alaba qozonish uchun biroz aqlli futbol kerak"

Alisher
4 aug 2024
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bugun g'alabaga erishish uchun imkoniyatimiz yaxshi edi. Biroq bizga vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlik va aqlli futbol etishmadi. O'yinda ko'ringan yaqqol kamchiligimiz, hujumlarda juda oddiy futbol namoyish etdik. Biroq, g'alaba uchun bir oz noodatiylik, aqlliroq o'yin kerak.

- Yozgi transferlar oynasidagi xaridlar sizni qoniqtirdimi? Jamoada nimalarni o'zgartirmoqchisiz?

- Yigitlarga har bir o'yinda faqat 3 ochko uchun maydonga chiqishimiz zarurligini qayta-qayta takidlab kelayapman. Transferlar borasida aytsam, qog'ozda yomonmas edi. Biroq, maydonda biz kutganchalik o'yin ko'rsata olmadik. Mashg'ulotlarda ishlanayotgan uslublar hozircha to'liq ko'rinmayapti. Balki, moslashish uchun vaqt kerakdir. 

- Vaziyatlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlanayapti. Bu borada fikringiz?

- Ikkinchi bo'limda hisobda adashmagan bo'lsam raqib darvozasi tomon 5 ta zarba yo'llay oldik xolos. Golni ham penaltidan kiritdik. Ishlashimiz kerak bo'lgan kamchiliklarimiz bor.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Dilmurod Umarov
5 aug 2024
Kelasi o'yinlarda omad