Aleksandr Petrov: "Chetlatish o'yinimizga salbiy ta’sir qildi"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2016
"Chonburi"ga qarshi o'tgan chorak final bahsidan so'ng "Olmaliq" ustozi Aleksandr Petrov o'z fikrlarini bildirdi.

"Chonburi Blyuveyv"ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Chetlatish o'yinimizni sindirdi. Birinchi bo'limda shogirdlarim o'zlariga o'xshashmadi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglay olmadik. Yigitlar birinchi bo'limda 2 daqiqa kamchilikda o'ynab katta kuch yo'qotishdi. Bunday raqibga qarshi kamchilikda o'ynash juda og'ir. Ikkinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik.

Agar ikkinchi bo'lim boshida hisobni qisqartira olganimizda o'yin boshqacha davom etishi mumkin edi. Tailandga biz o'zimizni ko'rsatishga va yaxshi natija ko'rsatish uchun kelgandik", - deydi Aleksandr Petrov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia