Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas"

Alisher
23 noya 2024
"Andijon" - "Dinamo" uchrashuvidan (3:0) so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ochko bizga juda kerak edi, buning ustiga muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilmay qo'ygandik. Muvaffaqiyatimizdan xursandman, hammani tabriklayman. Uydagi bahslarni ishonchli yakunladik. Birinchi va oxirgi uchrashuvlar juda muhim - deya so'z boshladi mutaxassis.


- Bugungi g'alabadan so'ng kayfiyatingiz yo'qdek?

- Nega yo'q. Charchagan bo'lsam kerak. Hissiyotlarga kuch qolmagandir.

- "Navbahor" "Andijon"ga qarshi 2ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi. Kelasi bahs namanganliklarga qarshi bo'ladi. Ligada qolish vazifasini uddalagan jamoaning ruhiyati tushib kyetmadimi?

- Biz uchun bu pricipial bahs. Joriy mavsum ularni biroz xafa qildik, "Andijon"ni qiziq uchrashuv kutib turibdi. Muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz.

- "Andijon"ni tark etadigan futbolchilar haqida ma'lumot bera olasizmi?

- Men hali rahbarlar bilan gaplashganim yo'q, hozircha hammasi faqat mish-mish.

- Kelasi yil jamoada ishlaysizmi?

- Amaldagi shartnomam bor, rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas. Qarorni men qabul qilmayman.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia