Aleksey Miranchuk faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin

Alisher
13 iyul 2022
"Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, tez orada ikki klub vakillari 26 yoshli rossiyalikning ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uchrashishadi.

"Roma" va "Atalanta" shuningdek rimliklar yarim himoyachisi Karles Peres va bergamoliklar yarim himoyachisi Mario Pashalich borasida muzokara olib borishadi.

Aleksey Miranchuk "Atalanta"ga 2020 yilning sentyabrida "Lokomotiv" (Moskva)dan o'tgan edi. Futbolchi o'tgan mavsum italyan jamoasi tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com