Aleksis Sanches Bekxemning taklifini rad etgan ekan

Alisher
4 sen 2019
MLSning yangi klubi "Inter Mayami" Aleksis Sanchesga qiziqayotgan edi.

Ammo, futbolchi AQSH klubi taklifini rad etgan va Milanning "Inter" klubiga yo'l olgan.

30 yoshli chililik futbolchi Yevropada kamida 6 yil qolishni rejalashtirgan.

Sanches o'tgan mavsum MYU safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assistga erishgan. U o'sha paytda jamoadagi eng ko'p maosh olayotgan futbolchi edi.

Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" klubining xo'jayini Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Devid Bekxem hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: AS