

O'ylashimcha, Braziliya terma jamoasini himoyasi ancha kuchli. Ularda juda zo'r tarkib jamlangan. "Barselona"dagi jamoadoshlarimga qarshi o'ynashimdan xursandman. Braziliyaga qarshi bahs Chili uchun juda foydali. Biz nimalarga qodir ekanimizni bilib olamiz. Meni bu o'yin oldidan faqatgina bir narsa tashvishga solmoqda. Bu ham bo'lsa odilona hakamlik. Umid qilamanki, ertaga bosh hakam uchrashuv qahramoni bo'lmaydi. Amalda nima bo'lishini esa o'yindan so'ng bilib olamiz.



