Aleksis va Ozil qishda "Arsenal"ni tark etadimi?

Aslanov Jasurbek
28 noya 2017
Yarim himoyachi Mesut Ozil va hujumchi Aleksis Sanches yanvarda "Arsenal"ni tark etmaydi.

Bu haqda "to'pchilar" ustozi Arsen Venger matbuot-anjumanida aytib o'tdi.

"Ular qolishadi. Bu haqida har kuni o'ylaganim yo'q, chunki ular jamoada va o'z klubi uchun bor kuchini berishlari kerak. Ozil va Sanches chempionat oxirigacha klubda qolishadi. Bu qaror mavsum boshida qabul qilingan. Agar tasavvurga sig'maydigan voqea sodir bo'lmasa, ular jamoada qolishadi" - deydi Venger.

Joriy mavsum Aleksis Sanches APLning 10ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Ozilning hisobida esa 10ta bahs, 1ta gol va 3ta golli pas mavjud.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun