

“Biz ham barcha jamoalarga o'xshab jismoniy holatimizga e'tibor qaratyapmiz. Mana bugun qishki yig'indagi birinchi nazorat uchrashuvimizni o'tkazdik. “Olmaliq” klubiga qarshi uchrashuvda kichik hisobda g'alabaga erishdik.
Chempionat boshlangunga qadar eng yaxshi sport formamizga kirib olishimiz kerak. “Neftchi” jamoasi murabbiylarining qarori bilan klubni tark etdim. Jamoa bilan kelisha olmadik desam ham bo'ladi. “Neftchi” klubida bir yil faoliyat olib bordim. O'zim jamoaga moslashib keta olmaganim uchun boshqa klubga o'tishga qaror qildim. “Neftchi"ni yetakchi futbolchilar tark etishdi. Nazarimda klub rahbariyati jamoani yoshartirmoqchi shekilli”, - deydi Alisher Samatov.
Jahongir Sotvoldiev



