Alisson APL chempionligi uchun kurashda kim yetakchiligini aytdi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019
"Liverpul" posboni Alisson Beker o'z jamoasining Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun imkoniyatlariga baho berdi.

"Liverpul" endi eng yirik sovrinlar uchun kurashishi mumkin, bunga shubha yo'q. Ammo oldinda uzoq yo'l turibdi, ishonchni saqlab qolish kerak.

O'tgan mavsum katta farq bilan chempion bo'lgan "Siti" o'z kuchini ko'rsatdi. Ular bu mavsumda ham sovrin uchun davogar. APL chempioligi uchun kurashda "Manchester Siti" yetakchi" - deydi Alisson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal