Alkaser: "Agar "Valensiya"ga gol ursam, muvaffaqiyatimni nishonlamayman"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2016
"Valensiya" sobiq hujumchisi, hozirda "Barselona" sharafini himoya qilayotgan Pako Alkaser "ko'rshapalaklar"ga qarshi bo'lib o'tadigan La Liga 9-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Mening qarorim - bu mening qarorim va uni hurmat qilishlari kerak. "Valensiya"ga qarshi bahsdan ko'p narasani kutishim mumkin, ammo bu haqda o'ylamagan maqul. "Valensiya"ga barcha yaxshi niyatlarni tilayman. Buni doimo takrorlab kelaman. Ammo agar "Mestalya"da "Valensiya" darvozasini ishg'ol qilsam, muvaffaqiyatimni nishonlamayman. Chunki klub menga borini bergan" - deydi Alkaser.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1