Allegri: "Mening jamoalarimda doimo eng yaxshi himoyachilar bo'lgan"

Mirjalol Normatov
17 fev 2023
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi "Nant"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Doimo 1:0 hisobida yutishni istamayman. Bu juda mayda detal. Ammo mening jamoalarim natijalariga qarang, eng yaxshi himoya hamda eng kuchli ikkinchi hujum aynan qo'l ostimdagi tarkibda bo'ladi.

Odatda bir mavsum davomida 70-80ta gol urardik. Sizningcha, men statistikalarni yozga olib, ko'p gapiramanmi? Bu yerda nimalarni gapirish kerakligini yaxshi bilaman. Biz o'zimiz uchun tarix yaratib, uni barbod qilayotganimiz yo'q. Siz abstrakt ko'ryapsiz, men esa konkret gapiryapman. Statistika sizda ham bor, ochib qarang.

Futbolda bir narsa eng muhimi: g'alaba. 1:0 yoki 5:0 - farqi yo'q. Shu boisdan eng kuchli yaxshi hamda eng kuchli ikkinchi hujumchi doimo menda bo'lgan deb ayta olaman", - dedi Allegri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia