Almashtirilganidan norozi Ronaldu 61-daqiqada kiyinish xonasiga kirib ketdi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025
Krishtianu Ronaldu "Al Xolud"ga qarshi Saudiya Arabistoni chempionati bahsida (3:1) almashtirilganidan norozi bo'ldi.

"Al Nassr" hujumchisi g'azablangandek ko'rindi va almashtirilishi bilan kiyinish xonasiga kirib ketdi.

40 yoshli portugaliyalik uchrashuvning 4 daqiqasida hisobni ochib, Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlar poygasida 19 golni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Ronaldu liganing so'nggi 7ta o'yinida 4 marotaba almashtirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Talksport