Alonso nufuzli nashr talqinida yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2024
"Kicker" "Bayer" bosh murabbiyini taqdirladi.

Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Xavi Alonso Germaniyaning nufuzli "Kicker" nashri talqini bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Xabar qilinishicha, Alonso 503 ta ovoz olgan. Uning eng yaqin taqibchisi, "Shtutgart" ustozi Sebastyan Xyoness atigi 74 ta ovozga ega bo'lgan. Uchinchi o'rin 50 ta ovoz to'plagan "Xaydenxaym" bosh murabbiyi Frank Shmidtga nasib etdi.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2023/24 yilgi mavsumda "Bayer" bilan klub tarixidagi ilk Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, Germaniya Kubogini yutdi va "qora-qizillar"ni Yevropa Ligasi finaliga olib chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker