Alves SSKA futbolchisiga aylandi. Unga 7-raqam berildi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025
SSKA braziliyalik yarim himoyachi Mateus Alves transferini e'lon qildi.

20 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan. Alves "armiyachilar" jamoasida 7-raqam ostida o'ynaydi.

Transfer summasi 6 million evro va braziliyalikning keyingi sotuvidan tushgan 25 foiz bo'lishi xabar qilingan.

Payshanba kuni futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda "San-Paulu" bilan xayrlashgandi.

Alves – "San-Paulu" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoadagi debyutini shu yilning yanvar oyida o'tkazdi. Alves 2025 yilgi mavsum Braziliya klubi safida barcha turnirlarda 25 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

SSKA 2024/25 yilgi mavsum Rossiya chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfc-cska.com