

Farg'onadagi o'yinda Neftchi yangi murabbiy qo'l ostida to'p surishi ma'lum bo'lsada, biz Samarqandga g'alaba bilan qaytish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga soldik. O'yin boshida tezkor gol urganimiz Dinamoning foydasiga ishladi. Chunki o'sha goldan keyin Neftchi himoyada uchta himoyachi bilan harakat qilib, asosiy e'tiborni hujumga qaratdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushayotganimda Ilhom aka Sharipov tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni so'ragandi.
Gol urgan vaziyatimda Saidjamol Davlatjonov va Abdumalik Abdullaevlar meni tezkorlik bilan qulay vaziyatga chiqarishdi va bundan unumli foydalandim. Oldinda Lokomotivga qarshi bahsda ham muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz - deydi Dinamo hujumchisi.




