Amorim "Inter" futbolchisini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transfer oynasida "Inter" himoyachisi Federiko Dimarkoni safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda "il Napolista" xabar berdi.

Italiya nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" ustozi himoyachining imkoniyatlarini yuqori baholaydi, uning texnik mahorati va zarba berish qobiliyatiga tan beradi. Qolaversa, Dimarko portugaliyalik murabbiy foydalanadigan uch kishilik markaziy himoyachi sxemasida o'ynash tajribasiga ega.

Italiyalik himoyachining shartnomasi 2027 yilda tugaydi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchi o'tgan mavsum Milan jamoasi safida barcha musobaqalarda 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: il Napolista