Amorim MYU futbolchilarining kamalak rang kurtkalarni kiyishdan bosh tortgani haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
7 dec 2024
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim MYU futbolchilarining kamalak rangli kurtkalarni kiyishdan bosh tortishgani haqida to'xtalib o'tdi.

O'tgan hafta Premer ligada akciya bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, jamoa sardorlari maydonga kamalak rangli bog'ichda tushib kelishlari kerak edi.

"Manchester Yunayted" futbolchilari 1 dekabr kuni bo'lib o'tgan "Everton"ga qarshi bellashuv (4:0)ga "Adidas" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan kamalak rang kurtkalarda tushib kelishlari zarur edi.

Biroq mankunianliklarning marokashlik himoyachisi Nussair Mazraui musulmon va dindor ekanligini aytib ushbu kurtkani kiyishdan bosh tortadi. MYUning qolgan futbolchilari Nussair ulardan ajralib qolib omma etiboriga tushmasligi uchun uni qo'llab-quvvatlashdi hamda ular ham kurtkalarni kiyishmadi.

"Bu jamoaning qarori, shunday bo'lishi kerak.

Uchta narsa borki, ularni doim hisobga olish darkor. Birinchidan, klub qadriyatlari. Bu klub nimaga ishonishi va nimani himoya qilishiga shubha yo'q. Undan keyin hurmat qilinishi zarur bo'lgan din. Bizning qadriyatlarimiz - boshqa odamlarning fikrlarini hurmat qilishdir.

Va uchinchisi - jamoaviy narsalardir. "Nussairni yolg'iz qoldirmaymiz, biz bir jamoamiz." Aksariyat o'yinchilar bir narsaga ishonishadi, Lekin ular boshqa yigitni ko'rishdi va shunday deyishdi: "Keling, birlashamiz".

Biz bu uch narsani doim hurmat qilishimiz zarur. Buni yaxshi uddaladik deb o'ylayman. Biz hammani hurmat qilishimiz kerak, shuningdek, biz Nussairning dini va madaniyatini ham hurmat qilishimiz zarur", - dedi "Manchester Yunayted" ustozi Amorim.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: dailymail.co.uk

Izohlar

Абдурахмон Вахобов
7 dec 2024
Просто респект
Mukhammadjonov Ayubkhon
7 dec 2024
Massive respect to MU from a Barça fan
Sukunat
7 dec 2024
La xavla vala quvvata illa billah...
Ўзбек футболининг муҳлиси
7 dec 2024
Зайбал қилди блет, ЛГБТни ҳамма жойга тиқиштириб.
Sukunat
7 dec 2024
Respect