Ana xolos! MYU Aleks Fergyusonga "Old Trafford"da o'yindan keyin kiyinish xonasiga kirishni taqiqlab qo'ydi

Tolibjon Qosimov
16 oct 2024
Ser Aleks Fergyuson endi o'yinlardan keyin MYUning kiyinish xonasiga kira olmaydi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" harajatlarni qisqartirish maqsadida 82 yoshli Fergyusonga klub elchisi sifatida to'lab kelingan ish haqini endi bermasligi malum bo'lgandi. Sobiq murabbiy klubdagi bu lavozimda yiliga 2 million funt ishlab topgan.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy Fergyusondan "Old Trafford" stadionida kiyinish xonasiga kirmaslikni so'rashgan.

MYUdagilar Fergyusonga jamoa kiyinish xonasiga kirish taqiqlanganini rad etishmoqda, ammo klubda aytishlaricha, endi u erga kim kirishi va kimlar kirmasligi haqida yangilangan malumot mavjud. Avvallari Fergyuson o'yinlardan keyin jamoaning kiyinish xonasiga bemalol kira olardi, lekin buni muntazam ravishda amalga oshirmasdi.

Qayd etilishicha, jamoaning kiyinish xonasiga tashriflar o'n yillar davomida "Manchester Yunayted" madaniyatining bir qismi bo'lgan. Fergyuson va uning hamkasblari, futbol kengashi azolari Devid Gill va Mayk Edelson xuddi Ser Bobbi Charlton va sobiq direktor Moris Uotkins kabi har doim sevimli mehmonlar bo'lib kelishgan.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: dailymail.co.uk

Izohlar

LFC_FIRMINO
16 oct 2024
MYUda ishlar chatoq
Java.FCB
16 oct 2024
Undan ko'ra dodadan ko'pro maslahat omisanlami. Bundayam kalli qo'li bor shakili. Rahbariyati bilan xaydash kere bulani shundo klubi vayron qvotti
BarsAndijon
16 oct 2024
Балки яхшиликкадур эссингдами у унака бу бунака деб З килгандурда... лекин МЮ тарихи бой команда тезрок уз мавкеини тиклаб олсин
VodiySoft
16 oct 2024
Ronalduni ham Fergyusson sababli 2-marta olib kelishgandi MYuga, tak chto, 80 dan oshgan qariyadan tayinli gap ham chiqmaydi, Fergyusson o'z davrida ham zo'ri bo'lmagandi, hozir ham undan aynan esi og'gan paytda nimadir gap kutish ahmoqlik. xD
Adham_realmadrid
16 oct 2024
Otning o'limi itlarning bayrami!!!!