Anasxon Rahmatov: "O'yin biz kutgandan og'iroq bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
18 sen 2021
Bir necha daqiqa avval O'zbekiston futzal terma jamoasi Misrni (2:1) hisobida mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi.

Uchrashuvdan so'ng UFA matbuot xizmati g'alaba golini taqdim etgan Anasxon Rahmatovdan qisqa intervyu oldi.

"O'yin biz kutgandan og'iroq bo'ldi.Yaratganga shukur bugungi uchrashuvda g'alaba qozondik. Golim haqida nimadir deya olmayman hozir, hayajon juda ham kuchli. . Golim orqali g'alaba qozonganimizdan xursandman. Avvalgi o'yinlar kabi harakat qildik, faqatgina bu safar biz ancha xotirjam o'ynadik va shu orqali kerakli natijani qo'lga kiritdik

Keyingi o'yinlarda ham bugungi kabi xotirjam o'ynashimiz lozim. Taktik va jismoniy taraflama bizda hech qanday muammo yo'q",- deb fikrini yakunladi terma jamoamiz a'zosi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia