Anchelotti Benzemani jahonning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblaydi

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2021
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karim Benzema haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ha, hozirda uni eng yaxshi hujumchi deb hisoblayman. Chunki u ko'p gol urmoqda va buni muntazam ravishda amalga oshirmoqda. U Ronaldu yoki Xoland kabi gollar urgan. 

Benzema o'yin taqdirini hal qiluvchi futbolchi. "Atletik"ka qarshi bahsda buni yana ko'rdik. U qisqa vaqt ichida ikkita gol urdi. U hozir ajoyib formada", - dedi Anchelotti.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: As