Anchelotti "Sosedad" bilan 4:4 va Kubok finaliga chiqish haqida: "Real" uyida hech qachon taslim bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi finaliga chiqish haqida gapirdi.

Madrid klubi "Real Sosedad"ni (4:4, birinchi o'yin – 1:0) mag'lub etib, turnir finaliga yo'l oldi.  

"0:1 hisobi paytida jamoa yaxshi javob qaytardi va tezlik bilan hisobni tenglashtirdik, 1:3 hisobida ham shunday bo'ldi. Menimcha, ekstra taymlarda biz kuchliroq edik. Xatolar bo'ldi, lekin biz ularni engdik. "Sosedad" – juda yaxshi jamoa, ular biz uchun vazifani qiyinlashtirdi.  

Biz turnirni tark etamiz deb o'ylaganim yo'q, chunki "Bernabeu"da hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Uyda biz hech qachon taslim bo'lmaymiz.  

Menimcha, Olasagastining Vinisiusga qarshi qilgan qoida buzishi qizil kartochkaga arziydi, lekin hakam sariq kartochka berdi. Bu haqda boshqa gapirmoqchi emasman.  

Endrik juda yaxshi o'ynadi. U to'pga kam tegsa ham aqlli harakatlar amalga oshirishini xohlaymiz" – dedi Anchelotti.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Mundo Deportivo

Izohlar

{ CHELSEA }
2 apr
Anchelotti yozda ketsa kerak Realdan...
Dostonbek Anvarov
2 apr
Бернабеуда 0-4 га йеган достинг
Muhammadali Sirojiddinov
2 apr
Realchila Barsani kamentiga kirib negativ yozmaydi lekin Barsani haromi fanatlari Realchila kamentiga kirib sasiydi
Qirol Zidan
2 apr
Финалда Атлетико билан ўйинимиз қачон бўлади?